⚡️LexHackathon - huquqiy muammolarga raqamli yeçimlar taklif eting!
Agar sizda huquq va davlat boşqaruvi sohasidagi muammolarga innovatsion yeçim topiş ğoyasi bölsa, uşbu xakaton aynan siz uçun! 💡
LexHackathon- huquqiy muammolarni zamonaviy texnologiyalar yordamida hal etişga qaratilgan xakaton. Iştirokçilar öz ğoyalari va texnologik yeçimlari orqali huquqiy xizmatlar sifatini oşiriş hamda huquqiy bilimlarni keng ommaga yetkazişga hissa qöşişlari mumkin.
Xakaton 2 yönalişda ötkaziladi:
🔹 Huquqiy xizmatlar körsatiş
🔹 Huquqiy tarğibot va ta’limni rivojlantiriş
Mukofotlar:
1-örin –60 000 000 söm
2-örin –40 000 000 söm
3-örin –25 000 000 söm
Ğolib jamoalarga qöşimça yordam:
🔹inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida iştirok etiş imkoniyati;
🔹loyiha ustida işlaş uçun ofis;
🔹huquq, texnologiya va biznes sohalarida mentorlik yordami.
Iştirok etiş şartlari:
▪️ 18 yoşdan oşgan iştirokçilar;
▪️ 3-5 kişilik jamoalar;
▪️Har bir iştirokçi alohida röyxatdan ötişi kerak;
▪️Faqat arizalari ma’qullangan iştirokçilar iştirok etişlari mumkin;
Ğoyangizni kelajak yeçimiga aylantiring!✨
Maʼruzachilar tez orada eʼlon qilinadi.
Batafsil dastur tez orada eʼlon qilinadi.
Materiallar roʻyxatdan oʻtgach koʻrinadi.
Izohlar