Umummilliy AI Hackathon Farg‘ona | Yakuniy sharh
Farg‘ona shahrida yangi IT Park majmuasida o‘tkazilgan Umummilliy AI Hackathon o‘z yakuniga yetdi!
🚀 Umummilliy AI Hackathon Farg‘ona | Yakuniy sharh
Farg‘ona shahrida yangi IT Park majmuasida o‘tkazilgan Umummilliy AI Hackathon o‘z yakuniga yetdi! Tadbirga 370 dan ortiq ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi. Bu raqam nafaqat hududda, balki butun mamlakat miqyosida yoshlar va mutaxassislarning sun’iy intellektga bo‘lgan qiziqishi va tashabbuskorligini ko‘rsatdi. Har bir ishtirokchi o‘z g‘oyasi bilan kelib, kuchli raqobat muhitida o‘zini sinab ko‘rdi.
Day-1: Hackathon tantanali tarzda start oldi. Texnik sessiyalar va ekspertlar ishtirokidagi “workshop”lar bo‘lib o‘tdi. Bu kun jamoalar shakllanishi, tanlangan treklar bo‘yicha yo‘nalishlarni belgilash va dastlabki strategiyalarni ishlab chiqish bilan o‘tdi. 4 ta trek bo‘yicha jamoalar shakllantirildi va musobaqa rasmiy ravishda boshlandi.
Day-2: Jamoalar loyihalar ustida faol ishlashni boshladilar. Mentorlar bilan hamkorlik jarayoni davom etdi, bu esa ishtirokchilarga o‘z g‘oyalarini yanada mukammal qilish imkonini berdi. Qiziqarli jihati shundaki, nafaqat “software”, balki “hardware” komponentli loyihalar ham ko‘zga tashlandi. Birinchi “Checkpoint”dan jamoalar muvaffaqiyatli o‘tib, o‘z yo‘nalishlarini mustahkamlab oldilar.
Day-3: Eng qizg‘in kunlardan biri bo‘ldi. Loyihalar deyarli tayyorlandi, barcha “Checkpoint”lar yakunlandi. Muhim bosqich sifatida, 55 ta jamoa ichidan har bir trek bo‘yicha 5 tadan jamoa finalga yo‘l oldi. Bu tanlov jarayoni ishtirokchilarning ijodiy yondashuvi, texnik sifat va taqdimot mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Finalchilar katta sahnaga chiqish uchun tayyorgarlikni boshladilar.
Final: Kuchli raqobat va ijodiy muhitda g‘oliblar aniqlandi. Har bir trek bo‘yicha salohiyatli loyihalar taqdim etildi va eng yaxshi jamoalar e’tirof etildi:
🏥 Sog‘liqni saqlash treki
- Agora
- CyberBaza
- GitHub Mafia
🚀 Kosmik texnologiyalar treki
- Falak
- Tech Avlod
- Step Up
💼 Tadbirkorlik treki
- Eco Coders
- Synaptic
- CE Group
📚 Ta’lim treki
- Apex
- Winners
- KU Coding Club
🏆 Maxsus nominatsiyalar
- Ijtimoiy dolzarb loyiha: Focus Tech
- Eng yaxshi taqdimot: Kaktus
Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz! Ularning loyihalari kelajakda muvaffaqiyatli amalga oshirilishini tilab qolamiz. Bu hackathon nafaqat g‘oliblarni, balki yangi g‘oyalarni, hamkorlikni va kelajakdagi innovatsion loyihalarni ham yuzaga chiqardi.

